Segregasiya

Segregasiya (lot. segregacio — AJ- ratish) — biron irq yoki etnik guruhni chegaralangan hududga majburlab yoki IX- tiyoriy yo’l b-n ko’chirish yohud alohida maktablar, transport vositalari, xizmat ko’rsatish korxonalari tashkil etish yoki bo’lmasa, boshqa diskriminasiya chora- lari orqali ajratib qo’yish. S. — dis- kriminasiyaning alohida ko’rinishidir. Tarixda qonunlashtirilgan S. hollari bo’lgan. Chunonchi, S. AQSh janubida 19-a. 2-yarmining boshida negrlar ozod qilingandan so’ng 20-a.da ham uzoq vaqt saqlanib turdi. Jarda 20-a.ning 90y. lari boshigacha S.ning eng yomon shakli — aparteid mavjud edi. Irqiy kamsi- tishning har qanday shaklini tugatish to’g’risidagi 1965 y.gi xalqaro konven- tsiyaga muvofiq, unda ishtirokchi dav- latlar irqiy S. va aparteidni qoralash b-n birga o’z xududlarida bunday tusda- gi har qanday harakatga yo’l qo’ymaslik, taqiqlash va yo’qotish majburiyatini ol- dilar.