Sel

Sel– tog` vodiylari, soylar va jarlardan qisqa vaqt ichida juda katta tezlik bilan oqib keluvchi tosh aralash loyqa suv oqimi. Sellar qattiq jala qo`yishi, tog`lardagi qorning juda tez erishi, yonbag`irning qiya va unda nuroq jinslarning ko`p yig`ilib qolishi natijasida vujudga keladi. Odatda sel oqimlari qurg`oqchil iqlimli, o`simliksiz yonbag`irlarda kuchli bo`ladi. Sel hodisasi O`rta Osiyoda (Farg`ona, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylarida, Kopetdog`da, Tyanshanning G`arbiy va Shimoliy tizmalari vodiylarida), Kavkazda, G`arbiy Yevropa, AQSh, Janubiy Amerikaning tog`li rayonlarida, Yaponiyada ko`p kuzatiladi. Xo`jalikka katta zarar keltiradi.