SELDAN HIMOYA VOSITALARI

SELDAN HIMOYA VOSITALARI — aholi punktlari, sanoat kor- xonalari va ekinzorlarni sel vay- rongarchiligidan himoya qilishga mo’ljallangan o’rmonmeliorativ, gidro- texnik va b. tadbirlar majmui. Aso- siy o’rmonmeliorativ tadbirlar: tog’ yonbag’irlarida, sun’iy terassalar va o’zan bo’ylarida yoppasiga yoki qisman o’rmon daraxtlari ekish, ixota daraxtzorlari barpo qilish (q. Agroo’rmon meliorasi- yasi). Bu tadbirlar, asosan, sel oqimlari hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, muayyan havzaning sel faolligini pasaytirish va uning kuchini qirqishga qaratilgan. O’rmon meliorasiyasi samaradorligi, odatda, ancha vaqt o’tgandan so’ng sezi- ladi. Mac, Oqtosh (Toshkent viloyati), Omonqo’ton (Samarqand viloyati)da o’rmon meliorasiyasi tadbirlari na- tijasida suv rejimi ancha yaxshilandi, tuproq eroziyasi va sel oqimlarining vayrongarchilik xavfi kamaydi. Selga qarshi asosiy gidrotexnika inshootlari: beton, temirbeton va b. materiallardan quriladigan qirg’oq himoya qoplamalari, sel o’tkazgich, Nov, sel tashlagich, quvur, sel va suv omborlari, sel to’sgich va b. Ularning asosiy vazifasi — sel oqimlarini to’sib qolish, chetga burib yoki bezarar o’tkazib yuborishdan iborat. Inshoot turi joy xususiyatlari va suv oqimi turiga qarab tanlanadi. Daryolar yo’lida suv omborlari qurilib, oqim tar- tibga solinadi, sel oqimlari to’siladi. Mayda va mavsumiy suv oqimlarida sel ombori quriladi, suvni yig’ib, bir qismidan sug’orishda foydalanishga im- kon beradi. Tog’oldi r-nlaridagi adir-larda mavsumiy suv oqimlari yo’lida omborlar va maxsus suvburgich kanallar, sel tashlagich yo’llar (traktlar) barpo etiladi. Sel o’zanlarining irrigasiya va b. kanallar b-n kesishgan joylarida sel oqimlarini o’tkazib yuboradigan sel o’tkazgich, dyuker, sel tashlagich va sh. k. inshootlar quriladi. Sel xavfi katta bo’lgan havzalarda 40-50 va undan ham ko’p sel omborlaridan iborat bo’lgan selga qarshi sistemalar quriladi (mas, Andijon sh.ni seldan himoya qilish si- stemasi va b.). Selga qarshi kurashda o’rmonmeliorativ va gidrotexnika usul- laridan birga foydalanish yuqori sama- ra beradi. Hamidulla Ismog’ilov.