SELDARA

SELDARA — tog’larda, tog’oldi qirlarida sel hosil bo’ladigan, sel keladigan dara, soy. Odatda, uncha uzun bo’lmaydi, ko’l irmoqlari ko’p hamda kalta bo’ladi. Seldara tog’dan chiqishda tor o’zanli bo’lib, keng vodiyga, tekislikka chiqqanda yoyilma konus hosil qiladi.