Selen

Selen [Yun. Selene — oy (avvalroq kashf etilgan tellurning analogi si- fatida nomlangan), lot. Selenium], Se — Mendeleev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tar- tib rakami 34, at. m. 78,96. Tabiatda 6 ta barqaror izotopi mavjud: 74Se(0,87%), 76Se(9,O2%), 77Se(7,58%), 78Se(23,52%), 80Se(49,82%), 82Se(9,19%). 16 ta radioak- TIV izotoplaridan faqat 75Se(T1/2=121 kun) amaliy ahamiyatga ega. S.ni y. Ya. Berselius 1817 y.da kashf etgan. S. Er po’stining massa jihatdan 510 6% ini tashkil qiladi. Muhim mine- rallari jumlasiga kumush, qo’rg’oshin, simob va mis selenidlari AgSe — na- umanit, PbSe — klaustalit, HgSe — ti- manit, Cu2Se — berselianit, Hg(Se, S) — onofrit va selenit kislotaning mis- li tuzi CuSeO32H20 — xalkom e n i t kiradi. S. jigarrang tusli to’q kulrang modda. Ir necha modifikasiyasi bor. Ulardan oddiy sharoitda eng barkarori kristall holdagi kulrang S. Suyuklanish t-rasi 217°, qaynash t-rasi 685°, zichligi 4,81 g/sm3. S.ning eng ajoyib xususiyati shunda- ki, yorug’lik nuri ta’sirida uning elektr o’tkazuvchanligi keskin o’zgaradi. S. me- tallmaslar jumlasiga kiradi; kimyoviy xossalariga ko’ra, oltingugurtga o’xshash, lekin faolligi oltingugurtnikidan past. S. o’z birikmalarida, asosan, -2, +2, +4 va +6 valentli. S. sulfat kislota va tsellyulozaqog’oz z-dlarining «balchiklaridan» va misni elektroliz yo’li b-n tozalashda elektro- lizyor tubiga cho’kadigan «balchikdan» olinadi. S. yarimo’tkazgichlar texnikasida, qizil va sariq rangli shisha i.ch.da, me- tallurgiya, kimyo, farmasevtika va re- zina sanoatida qo’llanadi. Birikmala- ri zaharli. Ko’pchilik tirik organism to’qimasida 0,01 dan 1 mg/kg gacha S. bo’ladi. Ba’zi o’simliklar uchun S. hayotiy zarur element. Inson va hayvonlarning S.ga bo’lgan ehtiyoji 50— 100 mkg/kg. Hayvonlarning kunlik ozuqasida S.ning mikdori 2 mg/kgdan ko’p bo’lsa, kuchli zaharlanish kuzatiladi. Selen birik- malari. S.ning SeO, SeO2 va SeO3 tar- kibli oksidlari mavjud. S. (II) oksid SeO faqat yuqori tralarda bug’holatida barqaror. C.(IV)oksid SeO2 — oq rang- li yaltiroq tetragonal panjarali kri- Stall modda. Zichligi 3,954 g/sm3, subli- masiyalanadi, uni faqat kavsharlangan idishlardagina suyuklantirish mumkin (suyuqlanish t-rasi 340-390°). S. (VI) oksid SeO3 ning suyuklanish t-rasi 118,5°. Atmosfera bosimida 185°da parchalanadi. Selenat kislota H2Se04 ni degidratlash yo’li b-n oli- nadi. Suvda erib, N28eO4hosil qiladi. Kimyoviy jihatdan juda faol, kuchli OK- sidlovchi: oltingugurtni SO gacha; qizil fosforni R2O5 gacha oksidlaydi. S. galogenlar b-n reaktsiyaga kirishib SeF6, SeF4 SeCl4 SeBr4 Se2Cl2 va b. bi- rikmalar hosil qiladi. S. geksaftorid SeF6 — xona t-rasida rangsiz gaz, suyuklanish t-rasi -34,6°; -46,6° da sublimasiyalanadi. S. tetraf- Torid SeF4 — rangsiz suyuklik, suyukla- nish t-rasi 13,2°, qaynashtrasi93°. S. tetraxlorid SeO4 — rangsiz kristall modda, suyuklanish t-rasi 305° (bosim ostida), 196° da sublimasiyalanadi. S. tetrabromid SeBr4 — beqaror sariq rangli modda, kuchsiz qizdirilganda to’q qizil rangli Se2Br2 ga aylanadi. Quy i xlorid Se2Cl2 — jigarrangqizil suyu- klik (suyuklanish t-rasi -85°, qaynash t-rasi 127130°). S. digalogenidlar SeCl2 va SeBr2 faqat bug’holatda mavjud. S.ning SeF2, SeOCl2 va SeOBr2 tarkibli oksigaloge- nidlari olingan. S. ftoroksid SeOF2 — xona t-rasida suyuklik, suyuklanish t-rasi 4,6°, kaynash t-rasi 124°. S. xlo- roksid SeOCl2 — sariq rangli og’ir Su- yuklik, suyuklanish t-rasi 11°, qaynash t-rasi 179°, zichligi 2,44 g/sm3. S. bro- moksid SeOBr2 — sariqqizil rangli qattiq modda, suyuqlanish t-rasi 41,6°, keyingi qizdirilganda parchalanadi. S. ning uglerod b-n CSe, azot b-n (SeN)4 fosfor b-n P4Se3, P2Se3, P2Se5 kabi birikmalari olingan. S. vodo- rod b-n bevosita birikib suvda eruvchan ko’lansa hidli, zaharli gaz — vodorod selenid H2Se hosil qiladi. Bu kislo- taning tuzlari selenidlar texnikada muhim ahamiyatga ega. Pyx va kadmiy se- lenidlari yorqin qizil rangli shisha va shishasimon materiallar, fotoelement- lar, fotokarshiliklar, televizor trubka- larining yorug’likka sezgir qatlamlarini tayyorlashda, galliy selenid lazer tex- nikasida, simob selenid magnit may- doni kuchlanishini o’lchaydigan asbo- blarda qo’llanadi. Oraliq metallar (shuningdek, lantanoid va aktinoidlar) ning selenidlari yuqori traga chidam- li yarimo’tkazgich qurilmalarda, mashina ishqalanish qismlarida qattiq surkama sifatida ishlatiladi. Rustam Ma’rupov.