SEMYONOV MUZLIGI
SEMYONOV MUZLIGI — Markaziy Tyanshandagi (Qirg’iziston) muzlik. Sarijaz tizmasining shimoliy yon bag’rida, Sarijaz daryosi (Tarim havzasi)ning yuqori qismida joylashgan. Uzunligi 21 kilometr, eni 1,5 kilometr, Maydoni 36 kilometr kvadrat. Muzlikning uchi 3320 metr balandlikda. 1857 yilda P.P. Semyonov (SemyonovTyaniianskiy) tomonidan o’rganilgan.