SEMYONOV-TYANSHANSKIY

SEMYONOV-TYANSHANSKIY (1906 y.gacha Semyonov) Pyotr Petro- VICh (1827.2.1, hoz. Lipesk viloyati — 1914.26.2, Peterburg) — rus geogra- Fi, jamoat arbobi. Peterburg Faning faxriy a’zosi (1873). Rossiya Geogr. jamiyati viseraisi (1873— 1914). Dav- lat kengashi a’zosi (1897). Peterburg un-tining tabiiyot bo’limini tugatgan (1848). 1849 y.dan Sharqiy Evropa tekis- ligida ekspedisiya ishlari olib borgan. A. Ritgerning «Osiyo er bilimi» asari- ni rus tiliga tarjima qilgan. 1856-57 y.larda Tyanshan (Tangritog’) tog’larini o’rganib, uning dastlabki orografik va vertikal zonallik sxemasini tuzgan, katta balandlikdagi qor chegarasida kat- ta muzlik borligini aniqlagan va buni iqlimning quruqligiga bog’liq ekanli- gini to’g’ri tushuntirgan (Tyanshanni ilmiy urganganidan 50 yil o’tgach, uning familiyasiga «Tyanshanskiy» deb qo’shib aytiladigan bo’ldi). Markaziy Osiyoni tadqiq qilish bo’yicha yirik Ekspedisi- yalarni uyushtirishga S.T. bevosita yordam ko’rsatgan. Rossiya geografiyasiga oid ko’p jildli asarlar yaratishga rahbarlik qilgan, 700 mingga yaqin hasharot to’plab, kollektsiya tuzgan. Urta Osiyo va Marka- ziy Osiyo, Kavkaz, Alyaska va Shpisber- gendagi bir necha geografik ob’ektlar; 100 ga yaqin yangi topilgan o’simlik va hayvonlar S.T. nomiga qo’yilgan; geogr. jamiyati tomonidan S.T. nomli oltin medal ta’sis etilgan. As: memuari, t. 1, 3-4, Peterburg, 1915— 1917 (t. 2 pereizdanie, pod nazva- Niem Puteshestvie v Tyanshan, Moskva, 1946). Ad.: Petr Petrovich Semyonov-Tyan- Shanskiy. Ego jizn i deyatelnost, SB., L., 1928.