SENT-ETEN

SENT-ETEN — Frantsiyaning markaziy qismidagi shahar. Luara departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 183,5 ming kishi (1999). Sifatli po’lat eritish, qurol-aslaha ishlab chiqarish, turli mashinasozlik, trikotaj sanoati korxonalari, universitet bor. Shahar yaqinidan ko’mir qazib olinadi.