Sep

Sep — qiz uzatishda unga ota-ona- si, qarindoshurug’lari tomonidan tortiq etiladigan molmulk. S. tayyorlash oila- ning tarixiy taraqqiyotida patrilokal nikox. va monogam oila vujudga kelgan- dan so’ng shakllangan. Har bir tarixiy davrning turmush sharoitlari, tirik- chilik tarzi S.ning tarkibiga ta’sir ko’rsatgan va ota-onaning moddiy imko- niyatlari b-n belgilangan. S. jahondagi ko’p xalqlarda, jumladan, o’zbeklarda uchraydi. Qiz uchun S. tayyorlash juda erta boshlangan va taomilga ko’ra, u to balog’atga etguncha tayyor bulishi lozim. S, asosan, ko’rpa, ko’rpacha, gilam, ro’mol, do’ppi, kiyimkechaklar, taqinchoklar, uyro’zg’or anjomlari va b.dan iborat bo’lgan. S. solish uchun maxsus bo’g’joma yoki sandiq tayyorlangan. Tabiiyki, S. nikoxda muhim o’rin egallagan. Chunki kelin kuyov xonadoniga tushirib kelin- ganidan so’ng utkaziladigan sep eyish marosimida uning molbisotini ayollar birmabir sinchiklab ko’rishgan. Shu bois qiz o’z S.idagi belbog’, dastro’mol, do’ppi va b.ni ko’pincha o’z qo’li b-n tikishga xa- rakat qilgan. S. kelinning shaxsiy mul- ki hisoblangan va yangi ro’zg’orni oyoqqa turib olishiga va iqtisodiy jihatdan rivojlanishida muhim vosita rolini o’ynagan. Hoz. davrdagi o’zbek kelinlari- ning S.lari zamonaviy kiyimkecha- klar, uyro’zg’or buyumlari va b. turli jihozlardan iboratdir. Tabiiyki, xalqimiz udumiga ko’ra, kelinning siga emas, balki uning insoniylik fazilat- lariga va ma’naviyatiga asosiy e’tibor qaratiladi. Ad.: Bo’riev O. va b., O’zbek oilasi ta- rixidan, T., 1995.