Sepiolit
Sepiolit — silikatlar sin- figa mansub gilli mineral. Murakkab zanjirli, qatqat strukturali. Kimyoviy formulasi Mg4[Si6Ols]6H2O. Ba’zan Mg ioni Fe2+, Fe3+, Ni, Al, Cu ionlari b-n almashadi va u holda ferrisepio- lit, alyumosepiolit, nikelsepiolit va b. nomlar b-n yuritiladi. Qattikligi 2-3; zichligi 2,1—2,2 g/sm3. Ipaksi- mon, mumsimon yaltiraydi. Rombik si- stemada kristallanadi. Undan tashqari zich yoki g’ovak, juda engil agregatlar («dengiz ko’pigi») shaklida ham uchray- Di. Aridli va yarimaridli iqlim sharo- ITIda tuproqda, dengiz va b. sho’r suvli havzalarda, gilli karbonatlardan tar- kib topgan cho’kindi jinslarda hamda serpentinitlarni emirilishidan hosil bo’ladi. Nikelga boy S. turlari silikat- li nikel rudalari tarkibiga kiradi. O’zbekistonda keng tarqalgan.