Sepkisoy

Sepkisoy — Samarqand viloya- tining g’arbida Qashqadaryo havzasidagi Daryo. 1100 m balandlikdagi buloqdan boshlanadi. Yuqori oqimida Jinichka nomi b-n ma’lum. Qashqadaryogacha etib bormaydi. Xonuy qishlog’idan 2 km shim. g’arbda tugaydi. Uz. 39 km, havzasining mayd. 180 km2. Qoryomg’ir suvlaridan to’yinadi. Ingichka shaharchasi yonida ko’p yillik o’rtacha suv sarfi 0,36 m3/sek., oqim moduli 2 l/sek, km2. O’rtacha yillik suv sarfi 1,13 m3/sek.dan (sersuv yil- da) 0,025 m3/sek.gacha (kamsuvli yilda) o’zgaradi. Suv toshqini Fev. o’rtasidan boshlanadi. Suvning eng ko’p sutkalik sarfi shu oyda (ba’zida martda) kuza- tiladi. Suv toshqini apr. boshlarida tugaydi. Okt.—dek.da (har yili emas) yomg’ir suvlari to’planib qoladi. Ingichka shaharchasidan pastrokda Daryo suvi ekin maydonlarini sug’orishga sarflanadi va Sepki qishlog’idan pastda qurib qoladi.