Serb-xorvat tili

Serb-xorvat tili — Jan. slavyan tillaridan biri; ayrim olingan xalqqa nisbatan xorvat tili yoki serb tili deb qo’llanishi mumkin. Serbiya, Xorvatiya, Chernogoriya, Bosniyagersego- vinada, shuningdek, Amerika va Avstra- liyada tarqalgan. So’zlashuvchilar soni 17 mln. kishidan ortiq. Bu tilning, asosan, 3 laqjasi bor: shtokav, chakav, kaykav; ular orasidagi tafovutlar slavyanlarda x,Ali yozuv bo’lmagan davrda paydo bo’lgan. S.x.t.ning unlilar tizimi cho’ziq va qisqa unlilarning mavjudligi, unli- lar sifatining urg’uli hamda urg’usiz holatlarda o’zgarmasligi, bo’g’in hosil qiluvchi r tovushining borligi b-n AJ- ralib turadi. 25 ta undoshdan 20 tasi qattiq, 5 tasi yumshoq xususiyatga ega. Ismlar (ot, sifat, son, olmosh) kelishik b-n turlanadi, fe’l zamonlari murakkab tuslanish shakllariga ega; tuslanadigan va tuslanmaydigan fe’llar mavjud. Gap- da so’z tarkibi erkin. S.x.t.ning lug’at boyligida umumslavyan so’zlar b-n birga italyan, rumin, yunon, turk, Arab, fors tillaridan o’zlashgan so’zlar ham anchagi- na. Hoz. adabiy S.x.t. 19-a.ning 1-yarmida shtokav lahjasi asosida yaratilgan. Ada- biy tilda ko’plab fonetik, morfologik va leksik variantlar uchraydi. Adabiy til hududiy milliy xususiyatlarning majmui sifatida yashasa xam, unda xor- vatcha unsurlar o’zining barqarorligi b-n ajralib turadi. Glagolisa va kirillisada bitil- gan eng qad. yodgorliklar 12-a.ga mansub. S.x.t. da lotin va Kirill grafikala- ri asosidagi 2 alifbo teng darajada qo’llanadi.