Serbiya
Rasmiy nomi — Serbiya Respublikasi. Poytaxti — Belgrad. Hududi — 73,1 ming km.kv. Aholisi — 7 mln kishidan ortiq (2012). Tili — serb. Dini — pravoslav, musulmonlar ham bor. Pul birligi — serb dinori Geografik joylashuvi va tabiati. Serbiya Yevropanining janubi sharqida. Bolqon yarimorolining markazida joylashgan. Uning hududini G’arbiy va Markaziy Yevropa, Yaqin Sharq, Osiyo va Afrika bilan bog‘lovchi magistrallar kesib o‘tadi. 7 ta davlat bilan chegaradosh: Sharqda — Bolgariya, shimoli sharqda — Ruminiya, shimolda — Vengriya, g’arbda — Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, janubi g’arbiy hududlari Chernogoriya bilan chegaradosh. Umumiy chegara uzunligi — 2397 km. Serbiyaning shimoliy qismlarida hosildor Voyevodina pasttekisliklari joylashgan. Markaziy qismida o’rmonlar bilan qoplangan tepaliklar bor. Janubida baland tog‘lar, tog’ daryolari kesib o‘tadigan keng o’rmonli massivlar joylashgan. Serbiya umumiy maydonining 55%i ishlov beriladigan, 24%i esa o‘rmon bilan qoplangan yerlar hisoblanadi, eng baland tog‘ — Prokletiye bo‘lib, uning eng baland cho’qqisi — Jerivitsa (dengiz sathidan 2656 m baland) hisoblanadi. Yana 15 ta cho’qqilari 2000 m dan baland. Iqlimi — mo’tadil kontinental, o’simlik va hayvonot dunyosi juda boy. 0‘rmonlarining 4/5 qismi bargli, 1/5 qismi ignabargli o‘rmonlardir. Serbiya hududlarida ayiq, to’ng’iz, bo‘ri, tulki, quyon, yowoyi echki, ohu, silovsin, bug‘u, tog` echkisi va hokazolar uchraydi. Qushlar dunyosi ham xilma-xil. Yevropa tabiatida mavjud bo‘lgan 666 turdagi qushlardan 508 turi Serbiyada uchraydi. Daryo, ko‘l va kanallarda har hil turdagi baliqlar ko‘p. Serbiya hududlari rudalar, mine- rallarga boy: mis, oltin, kumush, qo’rg’oshin, rux, ko’mir va hokazolar. Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishiga ko’ra parlamentar respublika. Ijro etuvchi hokimiyat umumiy, to‘g‘ridan to’g‘ri saylovlarda 5 yil muddatga saylanadigan prezidentga va rais boshchiligidagi Ministrlar Kengashiga tegishli. Rais parlament tomonidan tasdiqlanadigan hukumat tuzadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 1 palatali parlament — Skupshina. Skupshina deputatlari (250 ta) 4 yil muddatga xalq tomonidan saylanadi. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Sanoatining rivojlangan sohalari: oziq-ovqat, to‘qimachilik, kimyo, metallga ishlov berish, avtomobil, qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarish, maishiy asbob-uskunalar, mineral o‘g‘itlar, dori-darmon, keng iste’mol mollarini va yog‘ochni qayta ishlash sanoati yaxshi taraqqiy etgan. Qishloq xo’jaligida asosan makkajo‘xori, bug‘doy, qandlavlagi, kartoshka, olxo‘ri va uzum yetishtiriladi. Chorvachilik ham taraqqiy etgan. 2012-yil YMM 75,5 mlrd AQSH mlrd dollarni (aholi jon boshiga 10,2 ming doll.) tashkil etgan. Tarixi. Hozirgi Serbiya hududlarida m. a. II ming yillikning 2-yarmida illiriy, frakiy, keyinchalik kelt qabi- lalari yashay boshlagan. VI-VII asrlarda Serbiya hududlarida slavyanlar paydo bo‘lgan. IX asrning 2-yarmida serblar xristianlikni qabul qilgan. X asr o‘rtalarida yirik davlat — serb knyazligi paydo boigan. 1217-yili qirollikka aylangan. 1389-yili Kosovo maydonidagi jangda serblar turk qo‘shinlaridan mag‘lubiyatga uchragan. Shundan so‘ng Serbiya turklarga qaram bo‘ldi, 1459-yili esa Turkiya tarkibiga qo‘shib yuboriladi. XVIII asr oxiridagi Rossiya, Turkiya urushlari serb xalqining milliy ozodlik harakatiga turtki bo’ldi. Turkiya sultonining 1830-1833-yillardagi farmonlariga ko‘ra Serbiya Turkiya panohi ostidagi o‘zini o’zi idora qiladigan avtonom knyazlik deb e’lon qilindi. 1838-yili Turkiya sultoni Serbiyada konstitutsiya joriy qildi. 1918-yil 1-dekabrda Serb, Xorvat va Slovenlarning birlashgan qirolligi tuzildi. 1941-yil aprelda Serbiya nemis-fashist qo’shinlari tomonidan bosib olindi. Nemislar Belgradda general M.Nedich boshchiligida qo‘g‘irchoq «Serb hukumati»ni tuzishdi. 1945-yil 29-noyabrda Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi e’lon qilingach Serbiya Yugoslaviya tarkibidagi respublikalardan biriga aylandi. XX asrning 90-yillari boshlarida YSFR parchalanishi oqibatida Serbiya Chernogoriya bilan birgalikda yagona konfederatsiyaga birlashdi. 2006-yil mayda o‘tkazilgan xalq referendumi natijalariga ko‘ra mustaqil davlatga aylandi. AQSH va bir qator Farb mamlakatlari qo‘llab-quvvatlashi tufayli Serbiyaning Kosovo avtonom hududi 2008-yil 17-mart kuni o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Uni 20 dan oshiq davlat tan oldi.