SEROPROFILAKTIKA
SEROPROFILAKTIKA (lot. serum zardob va profilaktika) — yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida organizmga normal va immune zardoblar yuborish usuli. Bunda 1-4 hafta davom etadigan passiv immunitet hosil bo’ladi. Tibbiyot amaliyotida S. uchun gammaglobulin keng qullaniladi. S. epidemik kasalliklar (mas, qizamiq, ko’kyo’tal)ga chalingan bemorlar b-n muloqotda bo’lganlar, shikastlangan- da (qoqsholning oldini olish uchun), hayvonlar tishlaganda (quturishning oldini olish uchun) va h.k.da o’tkaziladi. Infektsion gepatitga qarshi kurashishda rejali S. olib boriladi (yana q. Immu- noprofilaktika, immunoterapiya, im- Mun zardoblar).