Serov Valentin Aleksandrovich

Serov Valentin Aleksandrovich [1865.7(19).1, Peterburg 1911. 22.11(5.12), Moskva] — rus rassomi, rang-tasvirda realizmning yirik namo- yandasi. Peterburg ba da tahsil ko’rgan (1880-85). S. ijodiga I.E.Repin (yosh- ligida undan ta’lim olgan) hamda ras- somlarning Rossiya va G’arbiy Evropa muzeylarida ko’rgan asarlari kuchli ta’- sir ko’rsatgan. Ilk asarlaridayoq nur va rangni ishlashi, murakkab reflekslar uyg’unligini berishi, havo b-n to’yingan muhit (olam) ni tasviriy jozibasi b-n aks ettirishi diqqatga sazovor («shaf- toli tutgan qiz», 1887; «oftobda turgan qiz», 1888, ikkalasi ham Tretyakov Gale- reyasida va b.). 1890 y.dan portret janri S. ijodida asosiy o’rin tutadi, kishi- larning o’tkir ruhiy holatini berish oldinga chikdi, artist, rassom, yozuvchilar uning sevimli modeliga aylanadi: «A. Mazini» (1890), «K.A. Korovin» (1891), «I.Ilevitan» (1893), «N.A. Rimskiy— Korsakov» (1898), «M. Morozov» (1902), «M. N. Ermolova» (1905) va b. Davr ruxi- ni, qahramonlar vaziyatini berishda rang tuslarini mahorat b-n qo’llaydi («Petr I», tempera, 1907 va b.). Qad mifologiya mavzularida ham asarlar yaratgan. S.ning eng yaxshi asarlari rus realistik san’a- tining cho’qqisidir. Serov (1934 y.gacha va 193739 y.larda Nadejdinsk, 1934-37 y.larda Kabakovsk) — RF Sverdlovsk viloyatidagi shahar (1926 y.dan). Kakva daryosi sohilida. T.y. tuguni. Aholisi 100,4 ming kishi (1998). Uraldagi me- tallurgiya sanoati markazlaridan biri. Qora metallurgiya, yogochsozlik va b. sano- at korxonalari, temirbeton buyumlari, ta’mirlashmexanika z-dlari bor. Serov issiklik elektr st-yasi ishlab turibdi. Bir necha o’rta maxsus bilim yurti, Ural politexnika in-ti fakulteti, drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi mavjud. Shahar 1894 y.da Sibir t.y. magistra- li uchun relslar ishlab chiqaradigan z-D barpo etilishi munosabati b-n bunyod etilgan. Qahramon uchuvchi A.K.Serov (1910-39) nomi b-n atalgan.