Seroz parda
Seroz parda — odam va hayvon tanasi bo’shlig’i va ichki a’zolarini o’rab turadigan parda. O’rniga qarab qorin parda, plevra, perikard, epikard deb nomlanadi. Mezoderma hosilalari — splanxnotomadan rivojlanadi. Seroz parda ichki a’zolar harakatini osonlashtiradigan, himoya funktsiyasini bajaradigan seroz suyuklik ishlab chiqaradi. Odatda, silliq, yaltiroq, tiniq va elastik Seroz parda yallig’langanda (peritonit, plevrit, perikardit) qalinlashadi, xira, g’adirbudur bo’lib, funktsiyasi buziladi.
O‘xshash so‘zlar
- Seroz parda
- Seroz bezlar
- Serozit nima degani
- Seroznaya obolochka, seroz parda nima degani
- Seroznaya jidkost, seroz suyuqlik nima degani
- Serpentin
- Serpentinit
- SERPENTINLANISH






