SERTIFIKAT

SERTIFIKAT (lot. sertum – aniq va facere — qilmoq) — 1) davlat organlarining moliyaviy majburiyati, zayomi; 2) sug’urta Sertifikati — sug’urta shartnomasi shartlarini ifodalaydigan hujjat; sug’urta polisi o’rniga o’tadi; 3) omonat (depozit) Sertifikati – bankka qo’yilgan omonat summasini tasdiqlovchi qimmatdor qog’oz va belgilangan muddat o’tgach, omonatchi (Sertifikat saqlovchi)ning omonat summasini va Sertifikatdan shartlashilgan foizlarni Sertifikat bergan bankda yoki uning boshqa istalgan shoxobchasida olish huquqi; 4) mahsulot sifatiga guvohlik beruvchi hujjat, unda mahsulotning sifati, xususiyatlari, foydalanishga oid ba‘zi ko’rsatmalar, mahsulot ishlab chiqarilgan joy yoki firma nomi, shuningdek, mahsulotning xavfsizligi va yaroqliligiga oid ma‘lumotlar aks etgan bo’ladi. Shuning uchun ham ko’p hollarda sifat Sertifikati deb ham ataladi.