Servantes Saavedra
Servantes Saavedra (Cervantes Saavedra) Migel de (1547, 9.10, Alkala- deenares — 1616.23.4, Madrid) — ispan yozuvchisi. Iezuitlarning Valyadolida sh.dagi kollegiyasida (1557-61), keyin Madridda tahsil ko’rgan. Papa muridla- ri b-n birga 1569 y.da Italiyaga borgan. Evropa floti ning Lepanto yaqinida tur- klarga Qar shi olib borgan jangida (1571 y. 7 okt.) yaralangan; vataniga qaytishda (1575) dengiz qaroqchilari qo’liga tu- shib, Jazoirda 5 y. asirlikda yashagan. S 1585 y. Madridda nashr etilgan «Galateya» romani b-n tanilgan. Shun- dan keyin u garchand 20-30 ta pesa yozgan bo’lsada, bu asarlar izsiz ketgan. Qalam haqi evaziga turmush tebrata ol- magan S. 1587 y.da Sevilyaga ko’chib bo- rib, 1603 y.gacha dastlab harbiy, keyin oddiy fuqaro sifatida xizmat qilgan. Ispaniyaning eng yirik portlarida yashash va turli tabaqadagi kishilar b-n muloqotda bo’lish uning so’nggi davr ijodiga katta ta’sir o’tkazgan. 1602 y. Sevilya qamoqxonasida boshlagan «don Kixot» romani (1-qismi) nashr etilishi b-noq (1603) S. Evropa miqyosida mashhur bo’lib ketadi. Romanning katta shovshuv qozonganiga havas va hasad qilgan A. Fernandes de Avelyaneda taxallusli qalamkash 1614 y.da «don Kixot»ning soxta davomini yozib, nashr etadi. Bun- dan g’azablangan S. 1615 y.da romanning haqiqiy davomi — 2-qismini e’lon qiladi. S. «Don Kixot»ning har ikka- la qismi orasida «pandnoma hikoyalar» (1613) va «Parnasga sayohat» dostoni (1614)ni yozgan. «Persiles va Sixizmun- daning sarguzashtlari» (1617 y. nashr etilgan) romani esa S.ning xastalik paytida yozib tugatgan so’nggi asaridir. Umrining aksar qismi xorlik va zorlik- da kechgan S. o’limi oldida rohiblikka o’tgan. S.ning adabiy merosida hajviy va ishqiy she’rlar, ishqiy qahramonlik va hayotiymaishiy mavzudagi drama va kome- diyalar hamda ko’plab hikoyalar mavjud. Bu asarlarga xos eng muhim holat va va- ziyatlar, niyat va g’oyalar «don Kixot»da o’zining yorqin badiiy tajassumini top- gan. Asardagi taqdir b-n murosa qila olmaydigan, har qanday adolatsizlikka qarshi kurashga shay bo’lgan qahramon ob- razi o’z iddizlari b-n 16-a.dagi ispan «yangi risar romanlari», shuningdek, Italiyadagi Uyg’onish davri dostonlari va cho’ponlar xaqidagi ko’plab hikoyalarga borib taqaladi. Ammo S. bu asarlarga xos qahramon obrazini yaratish an’ana- larini davom ettirishni emas, balki o’zi yashagan davrda keng tarqalgan «yangi ri- tsar romanlari» ustidan kulishni, ular- ga parodiya qilishni o’ziga maqsad qilib olgan. Ayni paytda S. voqelikka realist yozuvchi sifatida yondashib, insonparvar- lik g’oyalarini tarannum qilgan. «Don Kixot» 19-20-a.larga kelib olamshumul Shuhrat qozondi. Xuddi shu davrlarda asarning tragikomik va umuminsoniy ahamiyati ilk bor kashf etildi; unda tasvirlangan ideal va Real qodisalar, soxta qahramonlik b-n haqiqiy jasorat, orzuarmon b-n Real voqelik o’rtasidagi keskin farq shu asrlarda kechgan ijtimoiy po’rtanalar va hayotiy vaziyatlardagi tanazzul mohiyatini o’zida ifodalash qudratiga ega bo’ldi. Ushbu roman asosida jahonning ko’pgina mamlakatlarida sahna (opera, balet, drama), kino (kinofilm, telese- rial), musiqa (fantastik variasiyalar) va tasviriy san’at (qaykal va b.) asarla- ri yaratilgan. As: don Kixotning sarguzashtlari, T., 1990. Ad.: Frank B., Servantes, M., 1960; Dias — Plaxa G., Ot Servantesa do na- Shix dney, M., 1981. Naim Karimov.