SERVOMEXANIZM
SERVOMEXANIZM (lot. Servus xizmatkor, qul va mexanizm) — Avto- matik rostlash tizimlarida qo’shimcha manba energiyasi hisobiga birlamchi harakatning mexanik energiyasini kuchay- tirib beradigan qurilma. S.ish kismi va boshqarish qurilmasidan iborat. Ki- chik energiyali birlamchi harakat S.ning boshqarish qurilmasi — zolotnik a ni siljitadi, ish qismi — gidravlik TSI- lindr b (servomotor) tashqi (qo’shimcha) energiya iste’mol qilgani uchun S. bir- lamchi harakatni kuchaytirib takrorlay- Di. S.ni ishlatish uchun dvigatelning kiritish tizimidagi siyraklashish (va- kuum S), havo bosimi (pnevmatik S.) va moy bosimidan (gidravlik S.) foyda- laniladi. S. boshkarish tizimlarida, avtomobil, traktor va tanklarning tishlashish muftasi, uzatmalar kutisi, rul boshqarmasi hamda tormozlarida qo’llaniladi.