SETARIOZLAR
SETARIOZLAR — sut emizuvchi- larda uchraydigan invazion kasalli- klar. Qorin bo’shlig’i, bosh va orqa miya, ko’z, qonda parazitlik kiladigan Setaria urug’iga mansub nematodalarning tur- li shakllari qo’zg’atadi. Ko’proq otlar, qoramol, qo’y, bug’ular kasallanadi. Oraliq xo’jayinlar — qonso’rar pashsha va chivinlar tarqatadi. Kasallik bahor va yozda hayvonlar yaylovda boqilganda ularga xartumida setariylarning inva- Zion lichinkalari bo’lgan pashsha va chi- vinlar hujum qilganda paydo bo’ladi. Qo’ylarda va bug’ularda S.ni qo’zg’atuvchi setariylar bosh va orqa mi- yada to’planadi. Kasallangan hayvonda aylanchiq kasalligi va parez paydo bo’lib, yurganida chayqaladi. Tashhis qonda mikroblarning topilishiga qarab qo’yiladi. Davosi ishlab chiqilmagan. Oldini olish: chivinlarga qarshi re- pellentlar (benzimin, oksamat) yoki in- sektisidlar (dibrom va b.) qo’llaniladi.