Seyalka

Seyalka (rus. seyat — ekmoq), ekkich — q.x. ekinlari va daraxtlar urug’ini muayyan chuqurlikda tekis ekish, ekin- larni o’g’itlash uchun mo’ljallangan q.x. mashinasi. Ekish usuliga ko’ra, katorlab, uyalab, urukni aniq tashlab (punktir) va sochib (o’t urug’i va o’g’itni) ekadigan turlarga bulinadi. Vazifasiga kura, chigit, sabzavot, poliz ekinlari, don (arpa, bug’doy, no’xat, tariq, guruch va b.), makkajo’xori, bog’dorchilik S.si farkla- nadi. Traktorlar b-n ishlatish usuliga ko’ra, S.lar tirkama va osma; ekish appa- ratlari tipiga ko’ra, g’altakli va disk- li; soshniklari tipiga ko’ra, diskli va ankerli turlarga bo’linadi. Barcha S.lar ishlash jarayoni va tuzili shi jihatdan o’xshash bo’ladi, urug’ni ekish chuqurligi, qator oralari, qatorlar soni va shakli bo’yicha birbiridan farklanadi. Mas, chigit S.si chigitni qatorlab, kvadratu- yalab va zichuyalab ekishga moslashtirila- Di, sabzavot S.si urug’ni qatorli va Len- tali usullarda ekadi va h.k. S, asosan, urug’solinadigan yashik, ekish apparati va soshniklardan iborat. O’zbekistonda chigit, boshoqli don (arpa, bug’doy), sabzavot ekinlari (sab- zi, piyoz, rediska va turp), kartoshka ekish, bogdorchilik (uzum, anor, anjir va b. mevali daraxt ko’chatlari ekish) S.lari ishlatiladi. «O’zbekqishloqmash» AJ da chigit ekish S.si (SMX4), paxtamakkajo’xori S.lari (SMX3,6/4,2 va SMX5,4), qand lavlagi, makkajo’xori, karam, baqlajon, er yong’oq, kunjut ekish uchun mo’ljallangan pnevmomexanik S.lari (SXM40,4, SXM40401), don S.si (SMZ24), kartoshka S.si (KS2, KS4), mayda sabzavot ekinlari S.lari (HP.302, NR.300201); «Urganchozuqamash» AJ da chigitni anik, ekish S.si (STV8M), «Kimyoqishloqmash» AJ da chigitni ekish oldidan namlagich apparat (USN4) va b. ishlab chiqariladi. Erta ko’klamda chigit endigina unib chiqqanda nihollarni sovuqdan asrash, qatqaloqning oldini olish maqsadida ekinzorlar ustiga plyonka yopish uchun mo’ljallangan moslama (PRP4) («O’zbekqishloqmash» AJ) S.lar SMX4, STX4, SCHX4 va SXU4 larga o’rnatiladi. Barcha S.lar traktorlar b-n agregatlab ishlatiladi.