SEYFERT GALAKTIKALARI
SEYFERT GALAKTIKALARI — o’zagi ko’pincha yulduzsimon bo’lib, uning nurlanish spektri kuchli keng chiziqlardan iborat bo’lgan galaktika- lar; amerikalik olim Seyfert kashf qilgan. S.g. Markaziy qismidagi keng chiziqlarning tezligi, bir necha ming km/s b-n harakatlanuvchi gaz bulutlari b-n bog’liq. S.g., asosan, spiralsimon tu- zilishga va ultrabinafsha to’lqin uzun- liklarida orttirma nurlanishga ega. Spiral galaktikalarda 1% S.g. bo’lib, ularda yorqinlik markaz tomon keskin ortib boradi. Odatda, ular galaktikalar guruhlari va qo’shaloq galaktikalarda uchrab, galaktikalar to’dalarida esa deyar- li kuzatilmaydi. S.g. o’zagining o’lchamlari, asosan, 0,1 parsek atrofida, nurlanishla- ri vaqt davomida o’zgarib turadi. Bu o’zgaruvchanlik davri nurlanishning to’lqin uzunligi qiymatiga bog’liq. O’zak nurlanishi optik, radio, rentgen va gam- ma to’lqinlarida juda kuchli. Nisbatan olinganida esa, xususan, optik uzunlik- dagi ushbo’davr radionurlar o’zgarish davridan ancha kichik.