SEYSMIK HUDUDLASHTIRISH

SEYSMIK HUDUDLASHTIRISH — seysmik jihatdan faol joylarni seysmik xavflilik darajasi bo’yicha hududlar (zonalar)ga ajratish (q. Zil- zila). Ilgari bo’lib o’tgan zilzilalar, joyning geologik, tektonik, seysmik va geofizik xususiyatlarini asboblar yordamida tekshirish natijalari hamda makroseysmik ma’lumotlarga asoslanib amalga oshiriladi. Zilzilalarning in- shootlarga ta’siri kuchini seysmik xav- fli hududlarning muayyan uchastkasini mahalliy muhandislik geologiyasi, gi- drogeologik sharoitlariga ko’ra baxrlash seysmik mikrohududlashtirish deb ata- ladi. Ularda har qanday geografik punkt uchun o’rtacha gruntli sharoitlarda tebra- nishlar intensivligi haqidagi ma’lu- motlar ball xisobida aks ettiriladi. Qurilish me’yorlari va qoidalariga bi- noan, o’rtacha gruntli sharoitlarga gil, qumoq tuproq, qum, yirik chaqiq tosh gruntli sharoitlar kiradi. S.h. xarita- si rasmiy hujjat hisoblanadi (q. Seys- mik xaritalar). O’zbekistonda 9 balli zona Chatqol tog’tizmasining Markaziy qismini egallab, Farg’ona vodiysining Sharqiy qismigacha davom etadi. Bu zo- naning g’arbiy chegarasi Namangan va Farg’ona shaharlari yaqinidan o’tadi. Zona Janubiy va Jan.g’arbiy yo’nalishlarda Tojikistonga o’tadi va Surxondaryo VI- loyatining shim.da Sharg’un shahri atrof- laridagi kichikroq hududni o’z ichiga oladi. Bu zonada 9 balli zilzilalarning episentri joylashgan (Chatqol zilzila- si, 1946 y; Andijon zilzilasi, 1902; Qoratog’zilzilasi, 1907), 8 balli zona shim.da Qorjontov, Ugom va Piskom tog’ tizmalarini qamragan. Janubrokda bu zona Toshkent (Toshkent zilzilasi, 1966), Namangan va Farg’ona sh.lari orasidan tor polosa shaklida o’tadi, so’ngra toji- kistonga, u erdan Surxondaryo viloyatiga o’tib, g’arbdan Boysuntog’tizmasining shim. qismida 9 balli zona b-n tutasha- Di. Buxoro viloyatining Gazli sh. atrofi ham 8 balli zonaga kiradi (1976 va 1984 y.gi Gazli zilzilalari), 7 balli zona Chimkent sh. (Qozog’iston) yaqinidan Jan. ga tomon yo’nalib, Sirdaryo va Jizzax VI- loyatlari hududini, Qashqadaryo viloyati- ning g’arbiy qismini va Surxondaryoning asosiy hududini hamda Navoiy viloyati- ning Sharqiy qismini, Buxoro viloyati- ni, Xorazm viloyatining Jan. qismini o’z ichiga oladi. Ad., Rixter Ch., Elementarnaya seysmo- logiya, M., 1962; Abdullabekov Q., Zilzi- ladan saqlanish mumkinmi?, T., 1992. Qahhorbek Abdullabekov.