Seysmik karotaj

Seysmik karotaj — burg’i quduqlarida elastik to’lqinlarning o’tish tezligi, qaytish, tarqalish va yutilish koeffisientlari yordamida tog’jinslarining seysmik xossalarini o’rganish. Olingan natijalar seysmik razvedka ishlari natijalarini o’rganish, tog’jinslari tarkibi va fizik holatini taxlil qilish, burg’i qudug’ining tex- nik holatini aniklashda ishlatiladi. S.k.ning integral va differentsial usu- li bor. Integral usulda seysmik to’lqin hosil qiluvchi manba erning yuziga yaqin joyda, uni (to’lqinni) yozib oluvchi pri- yomnik esa burg’i qudug’i ichida joylash- tiriladi, differentsial usulda manba va priyomnik burg’i qudug’i bo’ylab bir- ga ko’chiriladi. Integral usul 50-100 m chuqurlikdagi qatlamlarni burg’I quduklarini o’rganuvchi maxsus seysmik st-yalar yordamida vertikal seysmik zond- lash b-n o’rganiladi. Bunda 20-150 Gts chastotali seysmik to’lqinlar yozib oli- nadi. Differentsial usulda qalinligi 1-2 m li katlamlar chastotasi 10-100 kgs li seysmik to’lqinlar yordamida o’rganiladi.