Seysmik shkala
Seysmik shkala — zilzila pay- tida er sirtida vujudga keladigan te- branishlar kuchi (jadalligi)ni baholash (o’lchash) uchun ishlatiladigan jadval. Tebranishlar kuchi gruntdagi qoldiq de- formasiya (o’zgarish) ko’lami va shakliga, bino va inshootlarning shikastlanish drajasiga va b. tashqi ko’rsatkichlarga qarab baholanadi. S.sh.ning turi ko’p. Ulardan biri 1917 y. Xalqaro seysmik assosiasiya tomonidan qabul qilingan 12 balli Merkalli — Kankani — Ziberg shkalasi (hoz. ba’zi Evropa mamlakatla- rida qo’llanadi). 1931 y. AQSh da Vud va Nyuman tomonidan qabul qilingan 12 balli mm shkalasi, 1964 y. S. V. Medve- dev (Moskva) tomonidan tavsiya etilgan 12 balli shkala ham bor. 1964 y. Parij- da YUNESKO davlatlararo yigilishida tavsiya etilgan 12 balli MSHK64 shkala S. V. Medvedev (Moskva), V. Shponxoyer (Germaniya) va V. Karnik (Praga) tomoni- dan tuzilgan. Er sirtidagi tebranish- lar kuchini ballarda o’lchash b-n birga zilzilalarni magnituda (tebranishlar yoki silkinishlar qiymati) bo’yicha tas- niflash usuli ham ishlatiladi (q. Rix- ter shkalasi). Magnituda zilzila o’chog’I tarqatadigan energiya logarifmiga mu- tanosib (Moe) bo’ladi (mas, 1966 yilgi Toshkent zilzilasining kuchi 8 ball deb baxrlangan, magnitudasi esa 5,3 ga teng bo’lgan). Ba’zi mamlakatlar (mas, Yapo- niya) da 7 balli shkala qo’llanadi. S.sh. bo’yicha zilzila oqibatlarining tashqi ko’rinishlari (shikastlanish, emiri- lish, o’pirilish, yorilish, darzlar va b.) dan tashkari tebranish jarayonlari (sil- jish, surilish, tezlik, tezlanish va b.) ni ham xisobga oladigan maxsus asbo- blar (seysmograf, akselerograf va b.) yordamida ham aniqlanadi. S. sh. zilzi- laning tashqi alomatlarini o’rganish, seysmik xaritalar tuzish, seysmik hududlashtirish va cheklangan hududlarni mikrohududlashtirish va b. maqsadlarda qo’llanadi. Ad.: Rixter Ch., Elementarnaya seysmo- logiya, M., 1963; Abdullabekov K,., Zilzi- ladan saqlanish mumkinmi?, T., 1992.