Seysmik xizmat

Seysmik xizmat — er yuzidagi zilzilarni doimiy ravishda kuzatib tu- radigan xizmat. S.x.ning asosiy vazifa- si dastlab seysmostantsiyalarda seysmo- graflar yozib olgan seysmogrammalarni sinchiklab o’rganib, zilzila o’chog’idagi parametrlar (vaqti, chuqurligi, mag- nitudasi)ni aniqlashdan iborat. Bu ma’lumotlar asosida tebranishlar- ning episetrdagi koordinat lari va b. ko’rsatkichlari aniqlanadi va katalogla- ri tuziladi. Kataloglar (zilzila para- metrlari ro’yxati) seysmik byulletenla- rida umumlashtirilgan holda to’planadi va tegishli tashkilotlarga yuboriladi. S.x. bir qancha mamlakatlarda, shu- ningdek, YUNESKO, NATOda amalga oshi- riladi. Bundan tashkari, Rossiyada Sey- mik kuzatuvlar yagona sistemasi, AQShda milliy seysmik xizmati, Yaponiyada meteorologiya agentligi, XXRda davlat Seysmologik byurosi, Evropada Evropa seysmologik komissiyasi va Kanada, yangi Zelandiyada S.x.ni bajaruvchi tashkilot- lar mavjud. Ulardan olingan zilzilalar haqidagi ma’lumotlar Buyuk Britani- yadagi xalqaro seysmologiya markazida to’planadi va tahlil etiladi. Bu markaz jahondagi barcha S.x. ma’lumotlarini koordinasiya qiladi. S.x. kuzatuvidan olingan ma’lumot natijalaridan er Pu- sti va undan ham chuqurroq qatlamlarda bo’layotgan geodinamik jarayonlarni, umu- man erning tuzilishi va uning geofizik xususiyatlarini o’rganishda foydalani- ladi.