Seysmologiya

Seysmologiya (seysmo… va …logiya) — zilzilalar, ularning so- dir bo’lish sabablari va oqibatlarini o’rganadigan geofizika bo’limi. S. fizi- ka va geologiya fanlari b-n uzviy bog’liq. Zilzilalarni erning geologik tuzili- shiga bog’lab o’rganadi. S. vazifasi va tadqiqot usullariga ko’ra, xususiy, Seys- mometriya va amaliy S.ga bo’linadi. Xu — susiy S. zilzila, uningsabablari, zil- zilalar b-n bog’liq qodisalarning Fi- zik va geologik tomonlarini o’rganadi. Seysmometriya tebranishlar nazariyasi, zilzila vaqtida er yuzasidagi tebranish- larni o’lchash usullari, zarur asboblar ishlab chiqish kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Amaliy S. zilzilabardosh insho- otlar qurish masalasi b-n shug’ullanadi. Seysmologik tadqiqotlar seysmik st- yalardan olinadigan va ilmiy markazlar- da umumlashtiriladigan ma’lumotlar asosida o’tkaziladi. Erning seysmik holatini o’rganish natijasida har bir hududning seysmik xaritasi tuziladi, kichik, maydonlar (qurilish ob’eklari) uchun seysmik hududlashtirish amalga oshiriladi. S.ning seysmik zondlash, seysmik karotaj, seysmik razvedka kabi usullari ma’lum. Zilzila jarayonida vujudga kelgan seysmik to’lqinlarni o’rganish natijasida erning ichki tuzi- lishini bilish mumkin. S. kuchli zilzi- lalarning sabablarini aniqlash hamda zilzilabardosh binolar qurish (q. Seys- mobardosh qurilish) yo’llarini qidirib topish b-n bogliq holda vujudga keldi. S mustaqil fan sifatida 19-a. 2-yarmida geol. va fizika fanlari erishgan yutu- klar natijasida rivojlana boshladi. 19-a. oxirlaridan boshlab S.da asboblar yordamida kuzatish hamda fizikmatema- tik tadqiqot usullari qo’llanila boshla- Di. S.ning shakllanishida rus olimi B. B. Golisin, nemis geofizigi E. Vixert (19-a. oxiri 20-a. boshi), B. Gutenberg, ingliz olimlari J. Miln (19-a. 2-yarmi), X. Jefris, yugoslaviyalik geofizik A. Moxorovichich, yaponiyalik F. Omori (20- a. boshi) va b. katta hissa qo’shdilar. Rossiyada 1888 y. Rossiya Geografiya jamiyatining seysmik komissiyasi tu- zilgan. Sobiq SSSRda S.ga oid asosiy tadqiqotlar SSSR FA er fizikasi in- tida olib borilgan. Toshkentda birinchi seysmik st-ya 1901 y. ishga tushirildi va O’zbekistonda muntazam instrumen- tal seysmologik kuzatishlar boshlandi. Toshkent zilzilasi (1966) O’zbekistonda S.ning rivojlanishida muhim turtki bo’ldi. O’zbekiston FA qoshida seysmo- logiya instituti tashkil etildi, tosh- kent zilzilasining sabab va oqibatlari o’rganila boshladi. O’zbekistonda zilzi- la haqidagi bilimlar doirasi kengaydi, zilzila darakchilarini aniqlashga doir i. t. ishlari amalga oshirildi. Seysmik st-yalar soni ko’paydi, Toshkent geodi- Namik poligoni (tabiiy lab.) tashkil etilib, zarur asboblar b-n jihozlandi. Bu poligonda turli usullar yordamida kuzatish olib boriladi. O’zbekistonda erning ichki tuzilishini, zilzila Fi- zikasini o’rganish zilzilani oldindan bilish, seymik apparatlar yaratish va mavjudlarini takomillashtirish, 1966 yilgi Toshkent zilzilasi sabablarini ilmiy jihatdan o’rganish va b. masala- lar b-n shug’ullaniladi. Seysmologiya in-tida er osti suvlari tarkibidagi turli inert gazlar va kimyoviy element- lar mikdorining zilziladan oldin ke- skin o’zgarishlari kashf etildi (Mavlo- Nov G’. O., Sultan Xo’jaev A. N., Ulomov V. I. va b., 1973 y.), er osti suvlaridagi radon gazi miqdorini o’lchaydigan asbob yaratildi, O’zbekiston xududini Seys- mik hududlashtirish va seysmotektonik xaritalar tuzildi. Zilzila jarayonida er osti suvlarining kimyoviy tarkibi o’zgarishi ilmiy jihatdan isbotlandi. O’zbekistonda S. fani taraqqiyotiga G’. O.Mavlonov, K, Abdullabekov, E. M. Bu- tovskaya, V. I. Ulomov va b. katta xissa qo’shishgan. Qahhorbek Abdullabekov.