Shabdar, eron serbargasi nimani anglatishini bilasizmi
Shabdar, eron serbargasi nimani anglatishini bilasizmi – dukkakdoshlar oilasiga mansub, bir yillik o’tsimon o’simlik turi, yem-xashak ekini. Bolqon yarim orolida, Italiya, Shimoliy Amerika, Afg’oniston, Eron, Ozarbayjon va Qrimda yovvoyi holda o’sadi. Sharbar yem-xashak uchun hamda sideratsiya (ko’kat o’g’it) sifatida Yevropaning janubida, Amerika, Afrika, G’arbiy Osiyo, Janubiy Amerikada, Markaziy Osiyoda ekiladi. Yem-xashak bo’lish jihatidan shabdar dukkakdosh o’tlar ichida oldigi o’rinlardan birini egallaydi. Uning poyalari, urug’lari pishib yetilganda ham dag’allashmaydi; pichani juda xushbo’y, oziq moddalarga boy bo’ladi. Shabdar kuzgi va qishki ekin sifatida sentabr-oktabr oylarida ekiladi. Kuzda ekilganda uni ikki marta o’rish mumkin. Markaziy Osiyo sharoitida sug’orib turilsa, gektaridan 50-100 sentsenr pichan beradi.


