Shaharlararo telefon aloqa
Shaharlararo telefon aloqa — og’zaki axborotni bir shahardan ikkinchi shaharga uzatish va qabul qilish. Sim orqali uzatiladigan yoki radiosignallar orqali tarqatiladigan elektr signallari bilan amalga oshiriladi. Turli shaharlardagi abonentlar orasida so’zlashishni ta’minlaydi. Shaharlararo telefon aloqa telefon stansiyasidan qo’lda, yarim avtomatik va avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Qo’lda ulashni telefon kommutatori bilan jihozlangan styalardagi telefonistlar amalga oshiradi (hozir kamdankam qo’llanadi). Yarim avtomatik ulashda aloqa shaharlararo avtomatik telefon styalarda telefonist qatnashgan hodda amalga oshiriladi. Telefonistning ish joyida nomer tergich bo’lib, buyurtma qabul qilinganidan so’ng chaqiriladigan abonentning nomerini teradi, keyin abonentlarni ulash avtomatik amalga oshadi. Avtomatik ulashda abonent o’z telefon apparatida boshqa shaharning kodini va abonent nomerini terib, u bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa bog’laydi. Shaharlararo telefon aloqa shaharlararo Avtomat telefon styalari (ShATS), avtomat kommutatsiya uzellari (aku), ularni o’zaro biriktiruvchi aloqa liniyalari majmuidan iborat. Aku shaharlararo kanallarni to’g’ridan-to’g’ri (tranzit tarzda) ulaydi.