Shakala, shakla

Shakala, shakla (sanskritcha: pali tilida — Sakala) — Panjobdagi qadimgi shahar (hozirgi Sialkot, Pokiston). Miloddan avvalgi 1-ming yillik o’rtalarida vujudga kelgan deb taxmin etiladi. Shimoliy G’arbiy Hindistonning muhim savdo va hunarmandchilik markazi hisoblangan. Podsho Menandr davrida Shakala Hindyunon davlatining poytaxti bo’lgan. 5-6-asrlarda eftaliylar istilosi davrida jiddiy shikastlangan, biroq, Mixirakula davlatining poytaxti bo’lgan. So’nggi o’rta asrlarda Shakalaning mavqei ancha pasaygan.