Shalomayev Aron
Shalomayev Aron (1917.20.10, Buxoro — 2004.20.7, Isroil) — yozuvchi, dramaturg, pedagog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1987). Toshkentdagi o’qituvchilar uyini tugatgan (1934). Yozuvchilik faoliyatini 20-asr 30-yillaridan boshlagan. «Oqibat» Shalomayevning ilk pyesasi. «Ona mehri», «ardokli Vatan», «Halollik», «qon sachragan chinor», «Buxoro fojiasi», «Alisher Navoiy», «Ahmad Donish», «Ibn Sino», «Oltin qafas ichra», «Umar Xayyom», «iztirob», «Qalb nidosi», «gardishi Davron» kabi asarlarining deyarli hammasi Respublikamiz teatrlarida sahnalashtirilgan. Toshkentdagi 29-sonli, 65-sonli maktablarning va o’quvchilar saroyining uzoq yillar davomida direktori bo’lgan. Samarqand davlat Buxoro yahudiylari musiqali drama teatrining tashkilotchilaridan. «Axaronnoma» («Xotiranoma») turkumidagi 8 ta kitob, «Buxoro yahudiylarining adabiyoti» (14-20-asrlar 2 jildli, Xanoy Tolmas bilan) nomli kitob muallifi. «Amnun va tomor», «Ester Xamalka» uning so’nggi yillar yaratgan asarlaridir.