Shalqar
Shalqar — Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagm shaharcha (1989 yildan). Tuman markazi (Uchquduq)dan 4 kilometr Janubi sharqda joylashgan. Yaqin temir yo’l stantsiyasi Uchquduq. Shalqar orqali Navoiy — Uchquduq avtomagistrali, Navoiy — Uchquduq — Nukus temir yo’li o’tgan. Aholisi 1,4 ming kishi (2003). Shaharchada umumiy ta’lim maktabi, aloqa bo’limi, tibbiy punkt, dorixona, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor. Shalqar atrofida foydali qazilmalardan kaolin mavjud.