SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI

SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI (SHHT) — tichlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, o’zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shaxrida 6 mamlakat – Qozog’iston, Xitoy, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (2001-yil 15-iyun). A‘zo davlatlar: Qozog’iston, Xitoy, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston. Kuzatuvchi davlatlar: Hindiston, Eron, Mo’g’uliston, Pokiston, Afg’oniston. SHHTning vujudga kelish tarixi ―Shanxay beshligi‖ deb atalgan uyushma faoliyati bilan bog’liqdir. Dastlab Qozog’iston, Xitoy, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari (―Shanxay beshligi) uchrashuvi bo’lib o’tgan. SHHTning Dushanba (2000) sammitida O’zbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda ―beshlik negizida ko’p tarmoqli tashkilot tuzish to’g’risida taklif ilgari surildi. SHHT ta‘sischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni O’zbekiston o’z milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi. Shanxay sammitida (2001-yil iyun) yangi tashkilotning maqsad va prinsiplarini e‘lon qilgan Deklaratsiya, shuningdek, «Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash to’g’risida Shanxay konvensiyasi» imzolandi. Mazkur sammitda tashkilotga oltinchi bo’lib O’zbekiston qo’shildi. Tashkilotning Sankt- Peterburgda bo’lgan ikkinchi sammitida (2002-yil iyun) ustav hujjati — SHHT Xartiyasiga imzo chekildi. SHHTning oliy organi Davlat boshliqlari kengashidir. Tashkilot strukturasi Hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi, Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi va doimiy ishlovchi Kotibiyat (Pekin shahrida joylashgan) hamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT; Toshkent shahrida joylashgan)dan iborat. Hozirgi kunda SHHTdoirasida 130 dan ortiq hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda. SHHT faoliyatida: 1) 2004-yili Aksilterror guruhiga birgalikda kurash markazi tuzildi. 2) 2005-yili SHHTning ishbilarmonlar kengashi o’z faoliyatini boshladi. 3) 2006-yili Banklararo assotsiyasiyasi faoliyati yo’lga qo’yildi. SHHTning Xartiyasi (Nizom) 2002 yil 7 iyunda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qabul qilindi. SHHT tarkibiga kiruvchi davlatlarning hududi Yevrosio hududining 61 foizi, ya‘ni hududning 3/5 qismi 30,2 mln. km.kv.ni tashkil etadi. Demografik jihatdan esa, dunyo aholisining to’rtdan bir qismi (1.5 mln.kishi) tashkilotga a‘zo davlatlar hududlarida istiqomat qiladi.