SHARIF

SHARIF (Arabcha — olijanob, aslzoda) — Muhammad (sav) avlodlarining nomiga qo’shiladigan hurmat so’zi. O’rta asrlardan boshlab 7 shahar; Makka, Madina, Quddus, Bag’dod, Damashq, Mozori Sharif va Buxoro shaharlari diniy markaz sifatida Shuhrat qozongani uchun, ularga «Sharif» so’zi qo’shib aytiladigan bo’lgan. Shuningdek, bir necha atamalarga sifat tarzida qo’shilgan holda (masalan, hadisi Sharif, kalomi Sharif, Mushafi Sharif va hokazolar) ham qo’llaniladi.