Sharifxo’jayev Murod

Sharifxo’jayev Murod (1932.20.8, Toshkent) — iqtisodchi olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1995), iqtisod fanlari doktori (1976), professor (1978), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1981), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy (1992). Toshkent moliya iqtisod institutini tugatgan (1953). Shu institutda aspirant, assistent, katta o’qituvchi (1953-63), dotsent (1963-67), xalq xo’jaligini rejalashtirish kafedrasi mudiri (1967-79). O’zbekiston Davlat plan qo’mitasi (Gosplan) qoshidagi Iqtisodiy ilmiy tadqiqot instituti direktori (1975— 76), Toshkent xalq xo’jaligi instituti rektori (1976-86), qurilish komplekslari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti prorektori (1986-90), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi bosh ilmiy kotibi (1990-91). O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari va istiqbolni belgilash va statistika davlat qo’mitasi raisi (1994-95), O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining rektori (1995 yil aprel— iyul). Toshkent moliya instituti rektori (1991-2005). Ilmiy ishlari O’zbekistonda kapital qurilishi, iqtisodiy nazariya, Respublikaning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish, xalq xo’jaligida tarkibiy o’zgarishlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, aholini ish bilan ta’minlash va boshqa masalalarga bag’ishlangan. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik, o’quv qo’llanmalari muallifi. 2-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. 2005 yil fevraldan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi. As: Kapitalnoe stroitelstvo v Uzbekistane i ego materialno-texnicheskaya baza, T., 1971; Ekonomicheskie problem proizvodstva stroitelnix materialov, T., 1971; bozor iktisodiyoti nazariyasi va amaliyoti, T., 2000; Menejment, T., 2001; Uzbekistan. Yangi g’oyalar, yangi yutuklar, T., 2002; O’zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi, T., 2003; Chelovek, opredelivshey epoxu, M, 2004; Davrni belgilab bergan inson, T., 2004 (hammualliflikda).