Sharole
Sharole — go’shti uchun boqiladigan qoramol zoti. 18-asrda Frantsiyaning sharole viloyatida mahalliy zotlarni yaxshilash bilan yaratilgan. Sharole zotli qoramollar yirik, tanasi uzun, tusi sarg’ishmallarang, o’ta go’shtdor, buzoqlari yirik tug’iladi. Buqalarining o’rtacha vazni 1400-1500 kilogramm, sigirlariniki 800-1000 kilogramm. Jahondagi 70 dan ortiq mamlakatlarda tarqalgan. Mahalliy zotlarning go’sht mahsuldorlik sifatlarini yaxshilashda foydalaniladi. O’zbekistonga Sharole zotli buqalar birinchi bor 1970-71 yillarda olib kelingan. Respublika naelchilik styasida muzlatib saklangan urug’lari qoraola zotli sigirlarni urug’lantirishda ishlatilgan. Farg’ona viloyatining Buvayda xo’jaliklararo bo’rdoqichilik korxonasida qoraola zotli kammahsul sigirlarni Sharole zoti bilan chatishtirishdan olingan birinchi avlodlari vazni 5-6 oyligidayoq 250-260 kilogrammga yetgan. Sanoat usulida chatishtirishda istiqbolli zotlardan hisoblanadi.