Sharpalar oroli haqida bilasizmi?
30 ta katta turar-joy binosi, 25 ta doʻkon, maktab, shifoxona va qabriston — bularning barchasi uzunligi 480, eni esa 160 metrli kichik orolda.
Yaponiyaga tegishli Xasima orolida 1810-yilda koʻmir topiladi va odamlar oqimi boshlanadi. Ungacha u hech kim yashamaydigan bir tosh parchasi edi. Keyinchalik bu yerda zavod va konlar ochildi hamda ishchilar uchun infratuzilma barpo etish boshlandi. Aholisi eng koʻp boʻlgan yillarda orolda 5259 kishi yashagan.
1970-yillarga kelib koʻmir qazib olish sanoati tanazzulga yuz tutdi — konlar birin-ketin yopilar, odamlar esa koʻchib keta boshladi.