Sharq chinori nimani anglatishini bilasizmi
Sharq chinori nimani anglatishini bilasizmi – bu daraxtning sharqiy, g’arbiy va zarangsimon deb ataluvchi 3 xili mavjud. Markaziy Osiyo respublikalarida, jumladan, O’zbekistonda sharqiy chinor juda ko’p tarqalgan. Respublikamizning qaysi hududiga bormang: ko’chadami, parkdami, xiyobondanmi, kishilar xonadonidami, ko’zingiz sharqiy chinorga tushadi. Chinor g’oyat zabardastligi tufayli daraxtlar sardori hisoblanadi. Chinor daraxtini hamma yerda: cho’lda, tog’da, tog’oldi yerlarida, botqoqlik yoki yer osti suvlari yaqin joylarda uchratish mumkin. U juda tez o’sadi. Uning bo’yi 30-50 metr, yo’g’onligi 3-5 metrgacha boradi. Daraxtlar ichida eng ko’p yashaydigan daraxt turlaridan hisoblanadi. Bu daraxt insonlarga, tabiatga shuncha ko’p yil xizmat qiladiki, uning ta’rifini so’z bilan ifodalash qiyin. Shunday bo’lgach, chinor daraxti ko’cha va yo’llar chetiga, xiyobonlarga ko’kalamzorlashtirish uchun yoki ihota daraxtzorlari sifati ekiladigan bo’lsa, u insonlarga asrlar osha beminnat xizmat qilishi tabiiydir. Chinor daraxtidan olingan qurilishida ishlatib kelingani ham uning ahamiyatini yanada oshiradi. Bu daraxt ko’chalarga, kanallar qirg’og’iga, suv havzalari atroflariga ekiladigan bo’lsa, albatta, ularni shox-shabbalarining o’sishini hisobga olgan holda joylashtirish kerak.


