Shatt ul-Arab
Shatt ul-Arab — Iroq va Erondagi daryo. Uzunligi 195 kilometr, havzasining maydoni 1 million km2. Dala va Furot daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Mesopotamiya pasttekisligidan oqib, delta hosil qilib Fors qo’ltig’iga quyiladi. Asosiy irmog’i — Qarun daryosi. O’rtacha suv sarfi 1500 m3/sekund, bahorda to’lib oqadi. Kema qatnaydi. Basra shahrigacha dengiz kemalari kira oladi. Asosiy portlari: Basra, Hurramshahr, Obodon shahrilari.