Shaxmat qay tariqa vujudga kelgan?
Ehtimol, xuddi shaxmat singari boshqa bir xususida bu qadar ko’p va uzoq yuzyilliklar davomida asarlar bitilgan o’yin bo’lmasa kerak. U «qirollar o’yini» deb ataladi, ya’ni o’yinlar orasida shohi sanaladi. Shaxmat, shuningdek, ehtimol, ma’lum o’yinlarning eng qadimiysi, ba’zi birovlar bobokalonga 5000 yosh berishadi! Biz bilamizki, «shaxmat» so’zi forscha «shoh murd» jumlasidan kelib chiqqan, ya’ni «shoh o’ldi» degan ma’noni anglatadi bu birikma. Ammo forslar shaxmatni yaratgan deb ayta olamizmi? Buni hech kim aniq bilmaydi. Hamma gap shundaki, shaxmatning kelib chiqishi turli zamonlarda yunonlarga, Rimliklarga, bobiliylarga, misrliklarga, yahudiylarga, forslarga, xitoyliklarga, hindlarga, arablarga va bir talay boshqa xalqlarga taalluqli deb topilgan-da! Bir farazga ko’ra, shaxmat Hindiston buddoviylari orasida dunyoga kelgan. Buddoviylar odatlariga muvofiq urushlar va qaysi maqsadda sodir etilishidan qat’i nazar odamkushliklar jinoyat sanalgan. Va shu boisdan ular urushning o’rnini bosadigan shaxmatni kashf etishgan! Bir talay nufuzli odamlar shaxmat ehtimol, Hindistonda dunyoga kelib, Eronga, Arabistonga, shundan keyin G’arbiy Yevropaga tarqalgan deb hisoblashadi. Shaxmatning alohida figuralari-donalari xususida to’xtaladigan bo’lsak, ular shaxmatning uzoq tarixi davomida ko’pgina o’zgarishlarga uchragan. Shoh bir zamonlar asirga olinishi mumkin bo’lgan, bu esa, albatta, biz o’ynaydigan shaxmatda aslo mumkin emas. «Rokirovka» taxminan 400 yil muqaddam shaxmatga kiritilgan yangi g’oya edi. Farzin-Malika shaxmatda, kim bilsin, eng maroqli tarix sohibasidir. Qachonlardir bu figura-dona «vazir» deb atalgan! Bugun o’yin paytida farzinni boy berib qo’ysangiz, siz eng qudratli figuradan ajralib qolasiz. Ammo qadim zamonlarda u dioganal bo’ylab faqat bir katak oldinga yura olar va shu boisdan taxtadagi eng zaif figura edi! Faqatgina taxminan 500 yil ilgari farzinga uning bugungi kuch-qudrati havola etilgan edi. Ruhlar va asdlar, aftidan, yillar davomida o’zgarishga uchrashmagan. Darvoqe, to’raning inglizcha «Ruk» degan nomlanishi — «askar»ni anglatuvchi hindcha «Rukh» va forscha «ro’h» kalimalaridan kelib chiqqan. Endilikda butun dunyoda shaxmat o’ynaladi, millionlab odamlar muntazam ravishda o’tkaziladigan xalqaro musobaqalarni zo’r qiziqish bilan kuzatib boradilar.