Shchekin Viktor Andreyevich
Shchekin Viktor Andreyevich (1889.1.2, Kursk gubernyasi — 1965.23.12, Toshkent) — selektsiyachi chorvador olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1959), qishloq xo’jalik fanlari Doktori (1945), professor (1947). Moskva universitetining yuridik fakulteti iqtisodiyot bo’limini tugatgan (1912). Frantsiya (1898-99), Germaniya (1909), Angliya (1911)da malaka oshirgan. O’rta Osiyo chorvachilik stansiyasi bo’lim mudiri (1933-40), O’zbekiston chorvachilik ilmiy tekshirish intida yilqichilik bo’limi boshlig’i (1940-45). Toshkent qishloq xo’jaligi intida hayvonlar fiziologiyasi va chorvachilik kafedrasi mudiri (1949-65). Ilmiy ishlari yilqichilikda naslchilik selektsiya ishlari tahlili, zotlar tarixi; yangi duragay ish hayvonlari olish, chorva hayvonlari mahsuldorligini oshirish va boshqalar masalalarga bag’ishlangan. Oliy o’quv yurtlari uchun bir necha darsliklar muallifi. 3 jilddan iborat «Qorabayir ot zoti» davlat naslchilik kitobini yaratgan. As: Karabairm tsennaya poroda Loshadey, T., 1944; Karabair (V.S.Vixrev bilan hamkorlikda), T., 1947; Konevodstvo, T., 1952; O’zbekistonda qoramol zotini yaxshilash, T., 1958; Chorvachilik, T, 1964.