Sheki xonligi

Sheki xonligi — Ozarbayjonning shimoliy qismida 18-19-asr boshida mavjud bo’lgan davlat. Sheki nomli mustaqil davlat sifatida 14-asr oxiridan ma’lum, 16asr o’rtalarida u Eron shohi tomonidan tugatilgan va 18-asrda Ozarbayjon xalqini Hoji Chalabiyxon boshchiligida Eron hukmronligiga qarshi kurash jarayonida vujudga kelgan. 18-asrda xonlik 8 ta noiblar boshqargan mag’alga bo’lingan. Sheki xonligi iqtisodiyoti asosini qishloq xo’jaligi (asosan, ipakchilik) tashkil etgan. 1805 yil Sheki xonligini Rossiya imperiyasi o’z tarkibiga kiritgan. Bu 1813 yilgi Guliston sulh shartnomasi bilan tasdiqlangan. 1819 yil Sheki xonligi tugatilib, rus harbiy ma’muriyatiga bo’ysungan provintsiyaga aylantirilgan. 1840 yil Sheki provintsiyasi Kaspiy viloyati tarkibiga kiruvchi Sheki uezdiga aylantirilgan. 1859 yil uezd Boku gubernyasi, 1868 yilda Elizavetpol gubernyasi tarkibiga kirgan.