SHELLING TOMAS
SHELLING TOMAS (1921. AQSh, Merilend) — amerikalik iqtisodchi. 1945 yildan AQSh federal byudjet byurosida ishlagan, Garvard universitetida doktorlik ilmiy darajasini olgan. Meri-Lend universiteti professori. 1999 y. Amerika iqtisodiy assotsiyasi prezidenti, shu tashkilotning faxriy a’zosi. Shelling savdolashish nazariyasiga katta hissa qo’shgan. Ilmiy ishlari harbiy strategiya, atrof-muhitni muhofaza qilish siyosati, iqlim o’zgarishi, terrorizm, uyushgan jinoyatchilik. Xorijiy mamlakatlarga yordam va xatlaro savdo, ixtiloflar va savdolashish muammolariga bag’ishlangan. 1981 yil «Qurollanish strategiyasi va nazorat», 1984 yil «Tanlov va uning oqibatlari» kitoblari nashr etilgan. Nobel mukofoti laureati (2005. R.Omann bilan birga).