Sherg’ozixon madrasasi
Sherg’ozixon madrasasi — Xivadagi me’moriy yodgorlik (1719— 26); Ichan kal’a tarkibida. Xiva xoni Sherg’ozixon Xurosonga qilgan yurishi (1718) chog’ida qurila boshlagan. Madrasaning g’arbida qurilgan kichik xonaga xon jasadi dafn etilgan. Maqbara bosh tarziga tutash qilib qurilgan. Madrasa bosh tarzi 2 qavatli. Ulkan peshtoq orqali kiraverishda gumbazli miyonsaroy, uning 2 burchagida chortoq tarhli, gumbazli masjid va darsxona joylashgan. Miyonsaroy tepasidagi kichik hujralar talabalar uchun yotoqxona bo’lgan. Devorlariga tokcha, taxmon, kosamonlar ishlangan. Hovli atrofidagi 1 qavatli qator hujralar oldi ayvonli bo’lib, hovli o’rtasida hovuz joylashgan. Madrasa bezaklari saqlanmagan.