Shershoh, Sherxon sur

Shershoh, Sherxon sur (asl ismi Farid) (1472-1545) — shim. Hindistonda hukmronlik qilgan (1539-55) afg’onlarning suriylar sulolasi asoschisi. Ma’lum bir muddat Bobur xizmatida bo’lgan. Shimoliy Hindistonda hukmronlik qilgan boshqa afg’on sulolasi (lo’diylar sulolasi — 1451 — 1526) davrida Shershohning bobosi va otasi Hindistonga ko’chib kelib, hukmdorlarga sadoqatli xizmati evaziga katta yer- mulk egasi bo’lishgan. 1526 yil Bobur Hindistonni zabt etgan bo’lsada, biroq mahalliy hindi rojalar va afg’onlar hali batamom taslim bo’lmagan edi. Bobur vafotidan keyin Mahmud Lo’diy Humoyunga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yuborgan. Shershoh Bihar hukmdoriga sadoqat bilan xizmat qilib, asta-sekin hokimiyat jilovini o’z qo’liga olgan va Sherxon nomi bilan Bihar hokimi bo’lgan (1533), afg’onlar orasida rbro’si oshib, ularni o’z atrofida jipslashtirgan. Chavsa (Chausa) va Kanno’j (kanauj)da bo’lib o’tgan 2 ta jangda (1539, 1540) Humoyunni mag’lubiyatga uchratib, Shershoh nomi bilan taxtga o’tirgan. 1545 yilda rajputlar qal’asi — kalanjarni qamal qilish vaqtida halok bo’lgan. Shershohning o’limidan keyin shimoliy Hindistonda nizolar kuchayib ketgan. Shershoh qisqa davr (1540-45) hukmronlik qilgan bo’lsada, u ersoliq va moliyaviy sohada bir qator muhim islohotlarni amalga oshirgan, keng ko’lamda yo’l va shahar qurilish ishlarini olib borgan, savdosotiqni rivojlantirish hamda ma’muriy sohada ma’lum o’zgarishlar qilgan, hindilar bilan tinchtotuv yashash siyosatini yoqlagan. Shershoh joriy qilgan islohotlar uning vafotidan keyin bekor qilingan. Ad.:Bosvort K.E., Musulmanskiedinastii, M., 1971; Ro’ziev E., Hindistonda Shershoh davlati, T., 1992.