Shetlend orollari
Shetlend orollari — Atlantika okeanidagi orollar guruhi, Buyuk Britaniya hududi. Shotlandiyadan shimolidagi 100 dan ortiq oroldan iborat. Eng yirik oroli — Meynlend. Maydoni 1,4 ming km2. Relefi sertepa tekislik va plato, eng baland joyi 450 metr. Yaylov va botqoqliklar bor. «Qushlar bozori»da Xermanes ornitologik rezervati tashkil qilingan. Dengizdan baliq ovlanadi. Ma’muriy markazi — Leruik shahri Shetlend orollari yaqinida dengizdan neft olinadi.