Shialik

Shialik-Islomdagi asosiy yo’nalishlardan biri. O’zining tarqalishi va ijtimoiy-siyosiy jihatdan sunniylikdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Shialik VII asr o’rtalarida xalifa Ali hokimiyati tarafdorlaridan iborat siyosiy guruh sifatida vujudga kelgan. Shialar sunniylar kabi Qur’oni Karimni ilohiy deb e’tirof etadilar, lekin xalifalar davrida uning ayrim qismlari tushurib qoldirilgan deb hisoblaydilar. Shialik yo’nalishi ilohiyotchilari Qur’oni Karimning mazmunini maoziy talqin qilish yo’li bilan o’z ta’limotlari manfaatiga moslashtirganlar. Sunnada esa ular faqat Ali nomi bilan bog’liq hadislarni tan olganlar va shunday hadislardan iborat mustaqil to’plam “Axbor”ni tuzganlar.