Shikasta

Shikasta (forscha — siniq) — xattotlik uslubi; Arab yozuvidagi xat uslublaridan biri. Ta’lik va nasta’liq xatlarini qo’shilishi asosida 17-asrda Mirzo Fasihiy Hiraviy yaratgan. Shikasta xatiga o’xshash yozuvlar Alisher Navoiy davrida ko’chirilgan kitoblarda ham uchraydi. Ayrim xattotlar ta’liq xatiga, ayrim xattotlar esa nasta’liq xatiga yaqinlashtirib yozganlar. Bunday yozuvlar Shikasta ta’liq yoki Shikasta nasta’liq deb atalgan. Shikastaning yaratilishi tez yozish (qalamni uzmay yozish) imkonini bergan.