Shilliqqurt

Shilliqqurt — quruqda yashaydigan qorinoyoqli o’pkali mollyuskalar. 1000 ga yaqin turi ma’lum. Tanasi chuvalchang yoki tsilindr shaklida. Kunduzi nam va soya joyda yashirinib yotadi. Havo salqin va nam paytlarda (oqshom hamda tunda) serharakat bo’ladi. Ko’p turi dala, poliz va sabzavot ekinlariga katta zarar yetkazadi. Rossiyaning Yevropa qismi g’arbi va shimoliy g’arbida to’rli, subtropiklar (Kavkaz, O’rta Osiyo)da parmasellalar urug’iga mansub Shilliqqurt xavfli zararkunanda hisoblanadi. Ayrim Shilliqqurt chorva mollarida parazitlik qiluvchi bir qator gelmintlar uchun oraliq xo’jayin bo’lishi mumkin. Kurash choralari: zax o’tloq va yaylovlar quritiladi; begona o’tlar yo’qotiladi; bog’va polizlar hosil qoldiqlaridan tozalanadi; pestisidlarshsht limasidlar guruhidan foydalaniladi.