Shimoliy qutb

Shimoliy qutb — yer aylanishi faraziy o’qining yer yuzasi bilan kesishadigan shimoliy yarim shardagi nuqtasi. Shimoliy Muz okeanining chuqurligi 4000 metrli Markaziy qismida joylashgan. Shimoliy qutb atrofida yil davomida ko’p yillik muzlar suzib yuradi. Qishda o’rtacha havo temperaturasi -40°, yoz oylarida 0°, ayrim kunlarda 1 — 2° gacha ko’tariladi. Qutb kuni 186 sutka va 10 soat, qutb tuni 178 sutka va 14 soat davom etadi.